|
||
|
Реклама на форуме |
![]() |
|
Опции темы |
![]() |
#1 | ||||||||
З н а т о к
![]()
|
![]()
2015-yil 15-aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UZMOBILE GSM tarmog‘ining tijoratli foydalanish uchun ishga tushirilishi amalga oshiriladi.
2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingandi. UZMOBILE filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta'minlash vazifalari yuklatilgan. MA’LUMOT «O‘zbektelekom» AK - O‘zbekiston Respublikasi hududlarini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: mutloq va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish xizmatlari, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA-450 standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta — UZTELEСOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELEСOM TV™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22 ta filial faoliyat olib boradi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonalaridir. Kompaniya xodimlarining soni 2010-yil oxirida 14 000ga yaqinni tashkil etdi. «O‘zbektelekom» AK Mobil va mutloq, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarida o‘z ulushiga ega. [Only Registered and Activated Users Can See Links. Click Here To Register...] |
||||||||
__________________
[Only Registered and Activated Users Can See Links. Click Here To Register...] |
|||||||||
![]() |
![]() |
![]() |
Здесь присутствуют: 1 (пользователей: 0 , гостей: 1) | |
Опции темы | |
|
|